Вход Регистрация

Закрыть

Скачать Qora choy - Bojalar

Pop

С этим треком так же слушают:

Исполнитель Bojalar

Альбом Achchiq Hayot

Год 2008

Прослушиваний 7274

Текст песни

Qora choy icholmadim, asal choy icholmadim
Sening qo`lingdan, sening qo`lingdan.
Shirin so`z aytolmadim, atirgul uzolmadim
Sening bog`ingdan, sening bog`ingdan. (x2)


Majnuntol tagida yorim kutardim,
Qora qosh ko`zlaringga xumor bo`lardim.
Nozik qo`llaringdan tutsam, bemor yuragim
Davo topar.

Sog`inib ko`changdan o`tsam men agar,
Bedavo bezori, deya atashar.
G`iybatdan baxtim qaro, sevgimni xor qilishar,
Achinmaslar.

Qora choy icholmadim, asal choy icholmadim
Sening qo`lingdan, sening qo`lingdan.
Shirin so`z aytolmadim, atirgul uzolmadim
Sening bog`ingdan, sening bog`ingdan. (x2)

Nolali rubobim sindirdi nomardlar,
Lekin g`ururimni sindirolmaslar.
Salomga yarasha alikni hali olishar,
Javobim bor!

Yil o`tib, balki meni tan olmaysan,
Yaxshi keldingizmi, deb kuta olmaysan.
Qo`lingda bolang bilan unitdim deb turasan,
Achinmaysan.

Qora choy icholmadim, asal choy icholmadim
Sening qo`lingdan, sening qo`lingdan.
Shirin so`z aytolmadim, atirgul uzolmadim
Sening bog`ingdan, sening bog`ingdan. (x2)

Полный текст песни
Bojalar — Qora choy

Тексты всех песен артиста

Комментировать