Вход Регистрация

Закрыть

Скачать Ey muxabbat - Ziyoda


С этим треком так же слушают:

Исполнитель Ziyoda

Прослушиваний 41361

Текст песни

\"Ey muhabbat\"

Ey, muhabbat, bunchalar fusunkorsan,
Ey, muhabbat, orombaxsh, beg‘uborsan,

Ey, muhabbat, gohida dilozorsan,
Ey, muhabbat, qalbimda mudom borsan!

Mushtoqdirman doimo mehringga man,
Har yurakka tushirgan muhringga man,
Lol qolganman ko‘rsatgan sehringga man,
Ey, muhabbat, yoki sen sehrgarsan!

O‘ylamagan yuraklarni o‘ylatasan,
O‘ynamagan yuraklarni o‘ynatasan,
Yig‘lamagan dillarni yig‘latasan,
Ey, muhabbat, yoki sen hukmdorsan!

Yo‘l qo‘yasan ba’zida xatoga ham,
Barobarsan sen shohu gadoga ham,
Ne kulfatlar solmading Layloga ham,
Ey, muhabbat, yoki sen jafokorsan!

Istardim man, dillarni kuydirmasang,
Hijronlarga aslo yo‘l qo‘ydirmasang,
Oshiqni ham jonidan to‘ydirmasang,
Ey, muhabbat, malhamu shifokorsan!

Ey, muhabbat, Mo‘minga madadkorsan!

Полный текст песни
Ziyoda — Ey muxabbat

Тексты всех песен артиста

Комментировать