Вход Регистрация

Закрыть

Текст песни Bekorchi (ft. Mirzabak Holmedov)

O` bekorchilar, “privet”, salom,
Bugundan boshlab bekorchilik tamom.
Xullas kalom, el yurtga kerakli bo`laylik,
Ota-onamiz duosini olaylik, “ponyatno”?

[Mirzabek Xolmedov]
O` o`zbegim bolasi, ota-ona erkasi,
Unutma, bugunning albat bordir ertasi.
Omon bo`l, qoqilma, mard bo`l, sotilma,
O`qi, uqi, hunar o`rgan.

Ketmaydi aldov, hiyla, nayrang,
Bo`lmagin mug`ombir, takasaltang.
Hech kimga hech qachon bermagin ozor,
Unutma, bekorchidan Xudo ham bezor.

[Bojalar guruhi]
Bek-bekorchiman demayman aslo,
Bek-bekorchilar berar ozor.
Bek-bekorchi man bo`lmayman aslo,
G`irt bekorchidan hamma bezor. (x2)

Lim-biyam, biyam, lima-biyam, biyam,
Bek-bekorchimas, bek-bekorchimas,
Hamma bezor, bo`lmagan bola emas.
Bek-bekorchilar, taralla yallo,
Bek-bekorchilar, to`g`ri yo`lni tanla!
Tanla, tanla.

[Mirzabek Xolmedov]
O`zbek eliday bo`lgin mag`rur, haybatli,
O`zbek yurtidek mashhur, qudratli.
Omon bo`lgin bolam, seniki bu olam,
Halol topgin oshing, yovga egma boshing.

Bo`lma arazchi yoki hasadchi,
Laganbardor, takabbur yoki yolg`onchi.
Mard bo`lgin, hech kim nomard demasin,
El-yurt suysin, seni maqtasin!

[Bojalar guruhi]
Bek-bekorchiman demayman aslo,
Bek-bekorchilar berar ozor.
Bek-bekorchi man bo`lmayman aslo,
G`irt bekorchidan hamma bezor. (x2)

Lim-biyam, biyam, lima-biyam, biyam,
Bek-bekorchimas, bek-bekorchimas,
Hamma bezor, bo`lmagan bola emas.
Bek-bekorchilar, taralla yallo,
Bek-bekorchilar, to`g`ri yo`lni tanla!
Tanla, tanla.

Bek-bekorchiman demayman aslo,
Bek-bekorchilar berar ozor.
Bek-bekorchi man bo`lmayman aslo,
G`irt bekorchidan hamma bezor. (x2)


Комментировать